Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Nukusdagi shifoxonaga zamonaviy uskunalar taqdim etdi

Yaponiya Nukusdagi shifoxonaga zamonaviy uskunalar taqdim etdi

27 noyabr kuni Yaponiya hukumatining «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi shifoxonaga tibbiy jihozlar topshirildi.

Kunchiqar o‘lkada ishlab chiqarilgan ultratovush tekshiruv uskunalarining umumiy qiymati qariyb 91 ming dollarni tashkil etadi.

Zamonaviy uskunalar mahalliy aholini tezkor va aniq diagnostika qilish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.

«Yaponiya barcha insonlar o‘z qadr-qimmatini his qilgan holda yashay oladigan jamiyat qurishni targ‘ib qiluvchi «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga alohida ahamiyat qaratadi. Biz bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga hissa qo‘shishda davom etamiz», – deyiladi Yaponiya elchixonasi xabarida.

Avval xabar berganimizdek, 2022 yil oktyabr oyida aynan «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga qariyb 271 ming dollarlik grant ajratilgan edi.

O‘tgan yil avgust oyida Yaponiya tomoni umumiy qiymati 4,6 mln dollarni tashkil etuvchi tibbiy-diagnostika uskunalari taqdim qilgan.

2022 yil fevral oyida esa ikki davlat rasmiylari Qoraqalpog‘istondagi klinikada xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hujjatni imzolagan. Loyiha doirasida muassasaga 794 million iyena (7,35 million dollar) miqdorida tibbiy uskuna va o‘quv materiallari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring