Yashnobodda daraxt kesganlardan 3,5 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ undirildi
Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Yashnobod tumani, Iltifot ko‘chasi 29 uy manzilida 105 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlagan «Yangi zamon bino» MChJdan yetkazilgan zarar hamda moliyaviy jarima sifatida hisoblangan jami 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ naqd pul shaklida undirildi.
Shuningdek, prokuratura talabi bilan, daraxtlar kesib tashlangan ushbu qurilish maydoni o‘rnida, MChJ tomonidan 200 tup noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib ektirilmoqda.
Ma’lumot uchun: holat yuzasidan prokuratura tomonidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi hamda boshqa, jumladan, ekologiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgani bo‘yicha JK 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter