Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aholiga murojaat qildi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aholiga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aholiga murojaat qildi. 

Aytilishicha, Toshkent viloyatida Velosportning shosse turi bo‘yicha «Oqtosh-Chorbog‘ Mountain» xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Shu sababli ertaga, 13-may kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometriga (Gazalkent shahriga kirish) qadar vaqtinchalik yopiladi.

Bo‘stonliq tumaniga boruvchilar uchun Chirchiq shahri va 4P14 «G‘azalkent.sh - To‘ytepa.sh» avtomobil yo‘li (Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on qishloqlari) orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring