Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bolalar orasida koronavirus keskin avj olgani rostmi? Vazirlik bayonoti

Yosh bolalar orasida koronavirus keskin avj olgani rostmi? Vazirlik bayonoti

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi ko‘payib boryapti» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, «bu ma’lumotlar haqiqatga zid».

Bolalar orasida o‘tkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning so‘nggi ko‘tarilishi o‘tgan yil kuz oylariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qo‘shimcha shifo o‘rni yaratilgan edi.

Hozir holat barqaror bo‘lib, xastalanish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan, deyiladi vazirlik xabarida.

Agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu bo‘yicha rasmiy axborot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring