Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuksalish» 40 nafar jamoatchilik yetakchilari ro‘yxatini e’lon qildi

«Yuksalish» 40 nafar jamoatchilik yetakchilari ro‘yxatini e’lon qildi

TOP 40: jamoatchilik fikr yetakchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida blogerlar, jurnalistlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar va boshqalar bor. 

Ro‘yxat «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, uni tuzishda ikki bosqichdan iborat tadqiqotlar olib borilgan. Ro‘yxatni shakllantirishda quyidagi mezonlarga tayanilgan:

– jamoatchilik orasida, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi va taniqliligi;

– dolzarb mavzularni omma e’tiboriga ko‘tarib chiqishi, muhokama qilishi va yechim taklif qilishi;

– jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi, ijobiy o‘zgarishlar tashabbuskori bo‘lishi;

– jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanishi, ularning ishonchini qozonganligi.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan faolning fikrlaridan iqtibos olinganligi indeksi, materiallarining qamrovi va izohlar soni, milliy va xorijiy OAVlarda tilga olinishi baholandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring