Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari yopiladi

Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari yopiladi

Yo‘l ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli 16-mart kuni soat 08:00 dan bir oy davomida Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

1) Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Anorzor ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

2) Amir Temur shoh ko‘chasi yaqinidagi qaytish yo‘li;

3) Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Amir Temur shoh ko‘chasidan Moyqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring