Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurak xastaligi xavfini kamaytiradigan mahsulot nomi ma’lum qilindi

Yurak xastaligi xavfini kamaytiradigan mahsulot nomi ma’lum qilindi

Foto:«The Sun»

Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga bir marta tofu iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini beshdan biriga kamaytiradi. Bu haqda «The Sun» da xabar berdi.

Soya fasulyasidan tayyorlangan tofu izoflavon(organizm faoliyatini yaxshilovchi birikma)larga boy. Izoflavon bu yurakni himoya qiladigan kimyoviy vositadir.

Tofuda no‘xat, pista, yeryong‘oq va boshqa dukkakli mevalarda mavjud izoflavonlar ham yuqori.

Tadqiqotlar natijasiga 200 ming nafar ko‘ngillilarning ma’lumotlarini tahlil qilish  orqali erishilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, tofu bu qadimgi xitoyda yaratilgan bo‘lib, ajoyib oqsilga boy ovqat turi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring