Yurakni kemirgan vijdon azobi
Tahririyat poçtasida baʼzan şunday maktublar ham böladiki, öqisang aʼzoi badaning jimirlab ketadi. Hali şu çoqqaça birovga könglini oçmagan, boşiga ne kelsa içiga yutib, sirini yaqin kişisidan ham yaşirib kelayotgan qiz, ğörligi bois hayot çorrahalarida yölini yöqotgan yigit, sababsiz xörlanişlardan adoyi tamom bölayotgan kelinçak, ikki öt orasida yonayotgan muştipar ona, şayton vasvasasiga uçgan ota va boşqalar dardini şunday tökib solişadiki, eʼtibor bermaslikning, baʼzan esa munosabat bildirmaslikning iloji yöq. Ammo maktublardagi sirlarni oşkor qiliş odobdan emas.
Şunday deymiz-u, boşqa bir mulohaza ham bor-da. Adaşayotganlar ozmi? Körib-bilib turib öz baxtlariga özlari zomin bölayotganlar, töğri yöldan burilib, ota-ona şaʼniga gard yuqtirayotganlar kammi? Kam emas. Şunday ekan, adaşganlarning tazarrulari kimgadir saboq bölişi mumkin-ku.
Mana, Marğuba ismli qizdan kelgan tazarru maktublaridan biri.
«Hurmatli tahririyat! Dunyoda vijdon azobidan oğir dard yöq ekan. Bu dard yuragimni kemiradi, turib-turib özimga özim xunuk körinib ketaman. Bir lahzalik havas deb şu kunlarga qoldim. Talabalik yillari viloyatda yaşaydigan Raʼno ismli dugonamning uyiga borgan edik. Men bilan birga yana uçta qiz toğ yonbağrida joylaşgan qişloqda mehmon böldik.
Uçinçi kuni şaharga qaytamiz deb turganimizda, qöşni mahallada töy bölib qoldi. Raʼnoxon töyni ötkazib ketaylik, deb turib oldi. Töy yaxşi ötdi. Urf-odatlari boşqaça ekan, körib rosa yayradik. Raʼnoxonga qöşilib unça-munça yumuşlariga qaraşvordik. Men yuvilgan bir dasta likopçalarni kötarib xonalardan biriga kirgan edim, közim tokçada turgan tilla taqinçoqlarga tuşib qoldi. Yoqut közli uzuk, baldoq. Uzukni havas qilib, barmoğimga taqdim. Biram yaraşdiki! Öşanda xayolimda yomon fikr yöq edi. Şunçaki havasim kelib taqqandim. Öqişimni tugatib olsam, men ham kelin bölaman, mana şunaqa uzuk taqaman, deb öylagandim.
Şu payt xonaga kimdir kirib qoldi. Uzukni barmoğimdan çiqaza olmadim. Noiloj qölimni yaşirib, qöşni xonaga çiqdim. Payt poylab turib joyiga qöymoqçi böldim, ammo u yerga erkak mehmonlar kirib ötirib olişdi. Nima qilişimni bilmayman. Birov körib qolsa, bu qiz öğri ekan, deydi deb, uzukni sumkaçamga soldim. Içim töla vahima. Hamma xuddi meni zimdan kuzatayotgandek bölaverdi. Raʼnoxon kelib, «Ha, örtoqjon, çarçagan körinasan, xohlasang, singillarim bilan tepalikka çiqib aylanib kelinglar», dedi. Men «Yöq, çarçaganim yöq», deyman, ammo özimning ovozimni özim tanimayman.
Keçqurun poyezdga çiqişimiz kerak. Keçgaça bir amallab joyiga qöyaman, deb öyladim. Iloji bölmadi. Tuşdan keyin hammamiz dugonamnikiga qaytib keldik. Hadeb sörayverişganidan keyin, boşim oğrib qoldi, deyişga majbur böldim. Toşkentda ahvolim yomonlaşdi. Hammadan hadiksiraydigan, ikki kişi bir çekkada şivirlaşayotgan bölsa, ular xuddi mening ğiybatimni qilayotganday tuyulaverdi. Rang-röyimga qarab bölmaydi. Bu orada onam kasallanib yotib qoldilar. Oilada yolğiz qiz bölganim uçun, öqişim ham közimga körinmay, oldilarida ötirdim. Yaratganning irodasi ekan, bir oyga yetib-yetmay olamdan ötdilar. Dugonalarim könglimni kötarişadi, hol-ahvol söraşadi, men bölsam ularning köziga hadik bilan tikilaman. Keyin...
Raʼnoxon uyiga borib keldi. Xayolim unda, oğzini poylayman. Köziga qarayman. Neça bor bölgan gapni şartta aytib, özimni oqlab olay deyman-u, qörqaman. Uzuk közimga balodek körinadi, qayerga yaşirişni bilmayman. Oltin devordagi Mömin buvaday, hali u yerga, hali bu yerga yaşiraman. Oxiri bitta işongan örtoğimga körsatib (u boşqa oliygohda öqirdi), «Şu omonat sizda turib tursin», dedim. Xöp, deb olib ketdi. Keyin bilsam, yana xato qilgan ekanman. Öşa örtoğim bir kuni kelib: «Dugonajon, meni keçir, uzukni yöqotib qöydim», desa böladimi! Tilimni tişlab qolaverdim.
Bir kuni xonada uç-tört qiz çoy içib ötirgan edik, kimdir Raʼnoxonga: «Bahorda yana toqqa boraylik, örtoqjon!» deb qoldi. Raʼnoxon xuddi şu gapni kutib turganday, «E, qöysalaring-çi, Alijon ovga çiqdi, ketidan ğavğo çiqdi», desa böladimi! Yuragim şuv etib ketdi. Bir nimani bahona qilib asta taşqariga çiqdim. Bu yerda ortiq qola olmasligimga közim yetdi...
Xullas, uzuk yöqoldi, öqişim rasvo böldi, nomim bulğandi. Oilam bor, ikkita şirindan-şirin qizaloqlarga onaman. Ammo nikoh uzugini qölimga oldim degunça badanim muzlab ketadi. Vijdon azobi hali-beri meni tinç qöymaydiganga öxşaydi. Jon akajonlar, aytinglar, nima qilsam, bu azobdan qutulaman...»
Öylab-öylab, uşbu maktubni eʼlon qilişga qaror qildik. Gazetada bosilib çiqdi. Biz unda har ikki singlimizga ham töğri maslahatlar berdik. Ammo na xat muallifidan va na Raʼnoxondan sado böldi...
Oradan bir neça yil ötgaç, yangi yil munosabati bilan tahririyatga kelgan tabriklardan birida: «Tahririyat aʼzolarini yangi yil bilan tabriklayman. Töğri maslahat berganingiz uçun sizlarga rahmat! Hammasi joyida, azobdan qutuldim. Singlingiz Marğuba», degan sözlarga közim tuşdi-yu, könglim xotirjam böldi.
«Siz yozmagan kitob»dan


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter