Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuzdan ortiq hokim yordamchilari ishdan olinadi

Yuzdan ortiq hokim yordamchilari ishdan olinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yil 5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi.

«Kambag‘allikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish o‘rinlarini yaratish zarur», dedi davlat rahbari.

O‘tgan yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bandlik idoralari esa ish so‘rab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga o‘tib olgani tanqid qilindi.

Shuningdek, respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha natija ko‘rsata olmagani qayd etildi.

Jumladan, Sh.Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 ta hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz.

Ushbu hokim yordamchilarini to‘liq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring