Zaharning oz-ko‘pi yo‘q: yiliga qariyb 3 million odam o‘lmoqda (infografika)

«The Lancet» chop etgan yangi tadqiqot ozmi-ko‘pmi — baribir, alkogol iste’moli doim xavfli ekanini ko‘rsatdi.
Tadqiqotda dunyoning 195 mamlakatida 1990—2016-yillar davomidagi alkogol iste’moli miqdori va uning salomatlikka ta’siri o‘rganildi.
Aniqlanishicha, nafaqat surunkali ichish, balki har zamonda «tomoqni ho‘llab turish» ham koni zarar.
Mana bu raqamlarga qarang: 2016-yili 2,8 million kishi spirtli ichimliklar iste’moli va uning oqibatlari bilan bog‘liq holatlarda dunyodan ko‘z yumgan. Xirosimaga tashlangan atom bombasi qancha odamning yostig‘ini quritgandi? Har yili spirtli ichimliklar kamida «o‘nta Xirosima» effektini beryapti.
Oqibati esa kaftdagidek namoyon: 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lganlar orasida bevaqt o‘limga va nogironlikka olib keluvchi «birinchi raqamli» omil aynan spirtli ichimliklar bo‘lib turibdi.
2016-yili Xitoyda 700 mingdan ziyod inson (erkaklar — 650 ming, ayollar — 59 ming) spirtli ichimliklar iste’moli oqibatida olamdan o‘tgan. Hindistonda 330 mingdan ziyod, Rossiyada 223 ming, Braziliyada salkam 100 ming nafar insonning o‘limiga alkogol sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter