Zoyir Mirzayev ilk «Faxriy yorlig‘i»ni hokim o‘rinbosariga berdi

Joriy yilning 16-yanvarida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining «Qashqadaryo viloyati hokimligi Faxriy yorlig‘i to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ushbu ta’sis etilgan e’tirofning ilk sohibasi yaqinda Shahrisabz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmonova Feruzabonu bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, faxriy yorliq bilan xalqimiz farovonligini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda samarali mehnat qilayotgan fuqarolar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, jurnalist va blogerlar taqdirlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter