Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Eronning AQShga kuchi yetmadi. Angliya Uelsga «rahm qilmadi»

JCh-2022. Eronning AQShga kuchi yetmadi. Angliya Uelsga «rahm qilmadi»

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida V guruhidan pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi turda Angliya Uels darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi.

Eron esa AQShga bas kela olmadi va yo‘llanmadan quruq qoldi.

JCh-2022. V guruhi. 3-tur

Eron — AQSh 0:1
Gol: Pulishich (38). 

Eron – Beyranvand, Rizoyan, Puraliganji, Husayni, Muhammadi, Golizoda (Ansarifard, 77), Hojisafi (Jaloli, 71), Izzatullohi, Nurullohi (Turobi, 71), Torimiy, Ozmun (Quddus, 46).
AQSh – Terner, Dest (Mur, 82), Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni (Akosta, 65), Musa, Pulishich (Aaronson, 46), Vea (Simmermann, 82), Sarjent (Rayt, 77).
Ogohlantirishlar: Adams (43), Husayni (77), Jaloli (90+6).

Uels — Angliya 0:3
Gollar: 
Reshford (50, 68), Foden (52).

Uels – Uord, Uilyams (Roberts, 36), Rodon, Mifem, Devis (Morrell, 59), Roberts, Ampadu, Remzi, Allen (Kolvill, 81), Beyl (Jonson, 46), Mur, Jeyms (Uilson, 77).
Angliya – Pikford, Uoker (Aleksander-Arnold, 57), Maguayr, Stounz, Shou (Tripper, 65), Henderson, Rays (Fillips, 57), Bellingem, Foden, Keyn (Uilson, 57), Reshford (Grilish, 75).

Ogohlantirishlar: Jeyms (29), Remzi (61).

Shu tariqa 1/8 finalga Angliya va AQSh yo‘l oldi.

Endi 3 noyabr kuni A guruhi g‘olibi Niderlandiya V guruhida 2-o‘rinni egallagan AQShga qarshi, 4 noyabrda V guruhi yetakchisi Angliya esa A guruhida 2-pog‘onadan joy olgan Senegal bilan chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring