O‘zbekistonlik o‘quvchilar AQShning nufuzli universitetlariga 100 foizlik grant bilan o‘qishga kirishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynura Erejepbayeva AQShning «Ivy Ligasi»ga a’zo Dartmouth oliygohiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
384 480 AQSh dollari miqdorida ajratilgan grant o‘quv, yotoqxona, viza, yo‘l xarajatlari va stipendiyani o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, «Ivy Liga»si AQShning eng nufuzli xususiy universitetlarini o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda unga Dartmouth oliygohidan tashqari, Garvard, Brown, Kolumbiya, Cornell, Princeton, Pensilvaniya, Yale universitetlari a’zo hisoblanadi. Mazkur oliygohlar jahonning TOP-5, TOP-20 reytingiga kirgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sarvar Sayfitdinov AQShning Minerva universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga kirdi.
Endilikda xorijiy OTM o‘quvchimizga 232 000 AQSh dollari miqdorida ta’lim granti va stipendiya ajratadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sarvar Sayfitdinov IELTSdan 7.5 va SATdan 1450 ballik natijalarga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter