Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya — Qatar: «alvon lolalar» guruh yetakchisi sifatida nimchorakka yo‘l oldi

Niderlandiya — Qatar: «alvon lolalar» guruh yetakchisi sifatida nimchorakka yo‘l oldi

Bugun, 29-noyabrdan Qatardagi jahon chempioantining hal qiluvchi 3-tur o‘yinlariga start berildi.

Maydonga birinchi bo‘lib A guruhi vakillari tushishdi: Niderlandiya — Qatar, Ekvador — Senegal.

Bir g‘alaba va durang evaziga guruh yetakchisiga aylangan Niderlandiya muddatidan oldin turnir bilan xayrlashgan Qatarni osonlikcha taslim etdi.

Salkam 70 ming tomoshabin sig‘adigan «Al Bayt» stadioni birinchi golga 26-daqiqada guvoh bo‘ldi. Mundial kashfiyoti, har o‘yinda gol urayotgan Kodi Gakpo Qatar darvozasi pastki o‘ng burchagini aniq nishonga oldi.

49-daqiqada Frenki de Yong niderlandlarning ustunligini mustahkamladi. O‘yin yakuniga qadar boshqa gol urilmadi.

QATAR-2022. A GURUHI. 3-TUR

Niderlandiya — Qatar — 2:0

Gollar: Kodi Gakpo (26), Frenki de Yong (49).

Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Kopmeyners, 83), Klassen (Bergeys, 66), de Yong (Taylor, 86), Depay (Yanssen, 66), Gakpo (Vegorst, 82).

Qatar: Barsham, Muhammad, Xuxi, Ro-Ro, Hassan, Ahmad, Xoder, Xotam, Madibo (Budiaf, 64), Alaa, Al-Haydos (Assadalla, 64), Ali (Muntari, 64), Afif.

Ogohlantirish: Ake (52).

7 ochko to‘plagan Niderlandiya guruh yetakchisi sifatida nimchorak finalga yo‘llanma oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring