Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya birinchi turda kutilmaganda ochko yo‘qotdi

Ispaniya birinchi turda kutilmaganda ochko yo‘qotdi

Foto: Chempionat

Jahon chempionatining H guruhi 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.

Unda kutilmagan tarzda durang natija qayd etildi. Ko‘pchilik afrikaliklarni o‘yinning yaqqol autsayderi sifatida e’tirof etayotgandi. 

Bu durang ikkala jamoaga ham bittadan ochko keltirdi. Shuningdek, H guruhida Saudiya Arabistoni va Urugvay ham bor, ular birozdan so‘ng birinchi o‘yinda to‘qnash kelishadi. 

Bu Kabo-Verdening Jahon chempionatidagi debyuti edi. Ular FIFA reytingida 67-o‘rinda, Ispaniya esa ikkinchi o‘rinda joylashgan.

JCh-2026. H guruhi, 1-tur

Ispaniya — Kabo-Verde 0:0.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring