7 soatda qariyb 70 ta koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 2-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 437 (+67) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 8 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Olmazor tumanida yashagan 77 yoshli N.A. (ayol) vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 98 nafar, Toshkent viloyatida 87 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 39 862 (+198) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 248 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter