Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda avtobus qatnoviga ruxsat beriladi

8-iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda avtobus qatnoviga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 8-iyunidan — «sariq» va «yashil» hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

— avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish;

— haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralarini ko‘rish;

— avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining mas’ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi. Yo‘lovchilardan esa karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so‘rab qolinadi. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring