Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-sentyabrda koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etdi

8-sentyabrda koronavirusga chalinganlar ko‘pchilikni tashkil etdi

SSV xabariga ko‘ra, joriy yilning 8-sentyabr kuni mamlakatimizda 443 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida jami 304 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 418 nafar bemordan 41 898 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 160 nafar bemordan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring