Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alpomish» sport majmuasi COVID markaziga aylantiriladi

«Alpomish» sport majmuasi COVID markaziga aylantiriladi

Foto: «Sirdaryo Xabarlari»

Gulistondagi «Alpomish» sport majmuasi — koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markaziga aylantirilishi kutilmoqda.

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» ma’lum qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Guliston shahridagi «Alpomish» sport majmuasi — yana koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash (COVID) markaziga aylantiriladi. Manbalarning ta’kidlashlaricha, ushbu holat Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinayotgan bemorlarning soni ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Guliston shahridagi «Alpomish» sport majmuasi COVID markaziga aylantirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring