Apreldan beri bunday qo‘rqinchli rekord qayd etilmagandi
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 21 million kishidan oshdi, 755 ming kishi vafot etdi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.
JSSTning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda dunyo bo‘yicha 294 237 kishida kasallik va 9985 kishida o‘lim holati ro‘yxatga olindi. Bu pandemiya boshlangandan beri qayd etilgan ikkinchi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir. Birinchisi 17-aprelda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda 12 453 kishi hayotdan ko‘z yumgandi. Shu tariqa umumiy kasallanganlar soni 21 026 758, vafot etganlar soni esa 755 786 kishiga yetdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya dnya e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter