Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh hududda yangi holatlar, Toshkentda ikki o‘lim qayd etildi

Besh hududda yangi holatlar, Toshkentda ikki o‘lim qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 29-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40953 (+130) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 37947 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2701 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring