Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemor koronavirusning xavotirli alomatlari haqida so‘zlab berdi

Bemor koronavirusning xavotirli alomatlari haqida so‘zlab berdi

Foto: «Prostoklassno.ru»

Koronavirusni boshidan kechirgan britaniyalik ayol «YourkshireLive»ga uzoq davom etgan COVID-19ning xavotirli alomatlari haqida gapirib berdi.

Mart oyining o‘rtalarida sheffildlik 43 yoshli Xelen koronavirusga chalindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik alomatlari to‘rt kun ichida namoyon bo‘lgan.

«Bir necha kun ko‘ksimda og‘irlik, o‘zimni lohas va xasta his qildim», — deydi ayol.

Britaniyalik ayol tuzalay deganda birdan yana o‘zini yomon his qila boshlagan. Bir necha kundan so‘ng g‘alati alomatlar paydo bo‘lgan — titroq, nimjonlik, buyam yetmaganday, milklar qonay boshlagan. Shuningdek, ayolning yurak urishi tezlashgan va isitmasi chiqqan, ma’lum vaqtdan keyin esa uning sochlari to‘kila boshlagan.

«Hozir meni qisqa muddatli xotira, isitma, burun bo‘shlig‘i infeksiyalari, quloqdagi shovqin, mushaklarning uchishi, yurak va o‘pka bilan bog‘liq ko‘pgina alomatlar, oshqozon muammolari, charchoq va grippga o‘xshash belgilar bezovta qiladi», — deya so‘zlab berdi Xelen.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring