Birgina hududda yuzdan ortiq koronavirus holati aniqlandi

2020-yil 11-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 272 (+112) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barcha 112 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. (ayol), Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. (erkak), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 285 nafar, Toshkent viloyatida 157 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 43 023 (+468) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 869 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter