Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni bir millionga yaqinlashib qoldi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni bir millionga yaqinlashib qoldi

Foto: «Yandex.by»

Braziliyada koronavirusni yuqtirganlar soni 1 millionga yaqinlashib qoldi – jami 955 377 kishini tashkil etadi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘tgan kun davomida 32 188 ta yangi holat ro‘yxatga olindi.

Jami tuzalganlar soni 463 474 kishidan iborat bo‘lib, yana 445 393 nafar bemor davolanmoqda.

Shu paytga qadar 46 510 kishi vafot etdi, o‘lim darajasi 4,9 foizni tashkil etadi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 1269 ta o‘lim holati qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring