«Britaniyalik» koronavirus yana bir qit’ani zabt etdi

Birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yangi shtammi yana bir qit’aga yetib bordi. Kanadada ikkita kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Ontario provinsiyasi saytida xabar berilgan.
Virusni yuqtirilganlar — Darem munitsipaliteti istiqomat qiluvchi er-xotin. Ular sayohatga chiqishmagan, yuqtirish xavfi ham yuqori bo‘lmagan. Hozirda ular o‘zlarini izolyasiyaga olishgan.
26-dekabr yarim tunidan boshlab provinsiyada qattiq cheklov choralari joriy etilgan. Ontario COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha Kvebekdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
26-dekabrda Fransiya va Ispaniyada yangi shtamm aniqlandi. Bir kun oldin, xuddi shunday shtamm Irlandiya va Yaponiyada, 24-dekabrda esa Germaniyada qayd etilgandi.
Koronavirusning xavfli mutatsiyasi Buyuk Britaniyada aniqlandi. Bugungi kunga kelib mingga yaqin yangi shtamm bilan kasallanish holati qayd etildi. Mutatsiya, shuningdek, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Janubiy Afrikadagi bemorlarda ham kuzatilgan. Britaniyalik mutaxassislar koronavirusning ushbu turi tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi.
20 dan ortiq mamlakat Buyuk Britaniya bilan transport aloqalari to‘xtatilishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter