Bu mamlakat YeIda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi jamoaviy immunitetga erishdi

Malta koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishdi, aholining 42%i to‘liq immunizatsiyadan o‘tgan, deya sog‘liqni saqlash vaziri Kris Fernga tayanib «Times of Malta» xabar beradi.
«Bugun biz jamoaviy immunitetga erishdik. Vaksina — virusga qarshi qurol», — deya Fern so‘zlarini keltirmoqda gazeta.
Shuningdek, vazir dushanba kuniga kelib mamlakat aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning hech bo‘lmaganda bitta dozasi bilan emlanishini ta’kidladi. Iyul oyidan boshlab to‘liq immunizatsiyadan o‘tganlar uchun tashqarida niqob taqish majburiy bo‘lmaydi. Kasalliklar soni kamayishiga qarab cheklovlar yanada yumshatilishi rejalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda vaksinatsiya sertifikatlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
Mamlakatda emlash 16 yosh va undan katta fuqarolar orasida o‘tkaziladi. Pfizer/BioNtech, AstraZeneca, Moderna va Johnson & Johnson preparatlaridan foydalanilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter