Bugungi kunda Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan 14 mamlakat

2021-yil fevral oyining o‘rtalariga kelib Covid-19 koronavirusi dunyoning aksariyat mamlakatlarini qamrab olganiga qaramay, bugungi kunda koronavirus hali mavjud bo‘lmagan davlatlar ham yo‘q emas. Hozirgi vaqtga kelib sayyoramizda 14 ta shunday davlat mavjud, shulardan 3 tasi Osiyoda va 11 tasi Okeaniyada joylashgan.
Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan Osiyo mamlakatlari
Tojikiston (13308 kishida Covid-19 qayd etilgan, 90 kishi vafot etgan, qolganlari sog‘ligini tiklashga erishgan).
Shimoliy Koreya (KXDR) koronavirus holatlari qayd etilmagan aholisi bo‘yicha eng yirik mamlakatdir. KXDR chegaralari chet ellik sayyohlar uchun qariyb bir yil — 2020-yil yanvar oyining oxiridan beri yopiq. Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, Covid-19 KXDRga kirib kelgan, ammo rasmiylar buni yashirishmoqda.
Turkmaniston. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti delegatsiyasi o‘tgan yili iyul oyida 10 kunlik tashrif bilan Turkmanistonga kelishgandi. Ular Covid-19 holatlarini uchratishmagan, ammo o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari va pnevmoniya holatlarining ko‘payishidan xavotirda ekanliklarini bildirishgan. Ommaviy axborot vositalari va mustaqil manbalar mamlakatda Covid-19 qurbonlari borligini, yurak yetishmovchiligi keksalar o‘limiga, yoshlarda esa pnevmoniyaga sabab bo‘lganligini ta’kidlamoqda.
Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan Yevropa mamlakatlari
Afsuski, Yevropada bunday mamlakat mavjud emas.
Bugungi kunga kelib barcha Evropa mamlakatlarini koronavirus pandemiyasi qamrab olgan.
Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan Afrika mamlakatlari
Bugungi kunga kelib Afrikadagi barcha mamlakatlar koronavirus pandemiyasi bilan qamrab olingan.
Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan Okeaniyadagi mamlakatlar
Kiribati
Nauru
Niue
Kuk orollari
Palau
Tonga
Tuvalu
Marshall orollari (Covid-19ning 4 ta holati qayd etilgan, barchasi sog‘aygan)
Vanuatu (bitta Covid-19 kasalligi qayd etilgan, bemor tuzalgan)
Mikroneziya (bitta Covid-19 kasalligi bo‘lgan, bemor tuzalib ketgan)
Fiji (56 ta Covid-19 holati bo‘lgan, ikkitasi vafot etgan, qolganlari tiklangan)
Kovid-19 koronavirusi bo‘lmagan Janubiy Amerika mamlakatlari
Bugungi kunga qadar Janubiy Amerikadagi barcha mamlakatlar koronavirus pandemiyasi bilan qamrab olingan.
Covid-19 koronavirusi bo‘lmagan Shimoliy Amerika mamlakatlari
Bugungi kunga kelib Shimoliy Amerikadagi barcha mustaqil mamlakatlar koronavirus pandemiyasi bilan qamrab olingan.
Shu bilan birga, koronavirus Daniyaga tegishli Grenlandiyada qayd etilmagan.
Ushbu koronavirus holatlari xaritasida siz qaysi mamlakatlarda Covid-19 kasalligi qayd qilinmaganligini aniq ko‘rishingiz mumkin. Ular kulrangga bo‘yab ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter