Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kanalizatsiyada ishlayotgan 3 fuqaro vafot etdi, yana bir esa shifoxonada

Buxoroda kanalizatsiyada ishlayotgan 3 fuqaro vafot etdi, yana bir esa shifoxonada

Buxoroda kanalizatsiyadan chiqayotgan gazdan zaharlangan uch kishi vafot etdi va yana biri zaharlanib, kasalxonaga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

2020 yil 24 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda «Buxoro maxsus suv ko‘rilish» MChJ xodimlari Buxoro viloyati, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash ishlarini olib borayotganda zaharlanish holati ro‘y berdi.

Ishchilar — 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.B. quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishlari oqibatida sog‘ligi yomonlashgan va hushidan ketgan. Sherigi — 27 yoshli Z.Sh. ularga yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushganda u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketgan. Buni ko‘rgan ularning yana bir sherigi — 41 yoshli S.A. yordam berish maqsadida quvurga tushib, zaharlanishdan hushidan ketgan.

Atrofda to‘plangan aholi tomonidan faqatgina S.A. qutqarib qolingan bo‘lib, uning sheriklari — 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.B. va 27 yoshli Z.Sh. hodisa joyida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.A. shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, tergov oldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring