Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi orasida koronavirusga chalinish holati ko‘paydi

Aholi orasida koronavirusga chalinish holati ko‘paydi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimizda aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari uchrab turibdi. Jumladan, Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori ekanini ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Avval ma’lum qilinganidek, 22-iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 146 nafar bemordan 5 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 23-iyun kuni esa 201 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, ham umumiy kasallanish ko‘rsatkichi, ham aholi orasida koronavirusga chalinish holati keskin ko‘payganini ko‘rish mumkin. Xususan, 23-iyun kuni poytaxtimizda 9 holatda aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlari qayd etildi.

Jumladan, poytaxtimizdagi «Asaka bank» tumani filiali xodimi A.G‘.da (tana harorati ko‘tarilgan va poliklinikaga murojaat qilgan), «Ipak yo‘li bank» filiali xodimi M.E.da (shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi avtopark haydovchisi B.A.da (tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq bo‘lganligi uchun namuna topshirgan), Olmazor tumanidagi nafaqadagi fuqaro G.N.da, Yunusobod tumanida yashovchi D.X.da (Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bilan yotqizilgan) koronavirus aniqlangan.

Mazkur holatdan kelib chiqqan holda Toshkent shahrida karantin qoidalari birmuncha kuchaytirildi.

Ayni vaziyatda Sog‘liqni saqlash vazirligi poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring