Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yangi talablar e’lon qilindi

COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yangi talablar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qarori bilan iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandik.

Qayd etilganidek, Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni faoliyat yuritishi hamda qator ob’yektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

Ushbu talablar bilan quyidagi keltirilgan xujjatda tanishish mumkin:

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlarda
COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan

TALABLAR

  • Korxona yoki tashkilot, qurilish ob’yekti ochiq zonada joylashgan bo‘lsa, albatta atrofini to‘liq o‘rash, begonalar kirishini qat’iyan man qilish;
  • korxona va tashkilotlarga begona shaxslar kirishining oldini olish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘riqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
  • xodimlarni har kuni ishxonada  kamida 2 marotaba – ish boshlanishidan avval va ishdan keyin “filtr”dan o‘tkazish, tana haroratini o‘lchash, tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari bo‘lgan xodimlar aniqlanganda albatta ishdan chetlashtirish;
  • tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari (quruq yo‘tal, xolsizlik, yuqori harorat, hid sezish qobilyatining pasayishi) bo‘lgan xodimlarni alohidalashtirish uchun tibbiy punktda izolyator tashkil etish;
  • ish kuni boshida yoki yakunida barcha xonalarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish, shuningdek, kvars lampalar bilan ishlov o‘tkazish, albatta kun davomida kamida ikki marotaba xonalarni shamollatish;
  • korxonalarda barcha xodimlar uchun qulay bo‘lgan joylarga qo‘llarini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
  • har kuni jamoat uchun umumiy bo‘lgan xonalarni (ovqatlanish, dam olish xonalari, xojatxona) zararsizlantiruvchi vositalar bilan zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish;
  • har 2-4 soatda barcha tashqi muhit ob’yektlarini (eshik tutqichlari, vklyuchatel, zina tutqichlari, stol, stullar, tashkiliy texnika) zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
  • yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar, shaxsiy himoya vositasining (niqob va rezina qo‘lqop) 5 kunlik zaxirasini yaratish, tibbiy niqoblarni kamida har 2-3 soatda almashtirish;
  • xodimlarning ish joyida bir-biridan kamida 2 metr masofada muloqot qilishlarini nazorat qilish;
  • barcha xodimlarni to‘liq shaxsiy himoya vositasida (tibbiy niqob va rezina qo‘lqop) faoliyat ko‘rsatishini muntazam nazorat qilish, shaxsiy himoya vositalarini ishlatilgandan so‘ng markazlashgan holda yig‘ish va ularni utilizatsiya qilish;
  • ba’zi korxonalar xodimlari o‘rtasida yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish va maksimal darajada muloqotni kamaytirish maqsadida onlayn tarzida ish faoliyatini tashkil etish;
  • xodimlarning ovqatlanishi uchun alohida xona tashkil etish, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ularning qo‘l yuvish uchun zararsizlantiruvchi uskunalar bilan ta’minlash;
  • xodimlarga karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularning erkin holda ko‘chada yurishlarini oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan xolda ovqat yetkazib berilishini ta’minlash;
  • xodimlarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, barcha xodimlar ish joyi va yotoqxonalari o‘rtasida piyoda yurishlarini taqiqlash, ularni transport vositalari bilan ta’minlash;
  • jamoa yig‘ilish xonalaridan (chekish xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, majlislar xonasi) foydalanishda cheklov choralarini ko‘rish;
  • agarda korxona va tashkilotda biror nafar xodimda quruq yo‘tal, isitma, holsizlik va shunga o‘xshash klinik belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan “103” raqamli tez yordamga murojaat qilish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring