Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Delta shtammi kirib borgan mamlakatlar 100 ga yaqinlashdi

Delta shtammi kirib borgan mamlakatlar 100 ga yaqinlashdi

Foto: «UN Zimbabwe»

Kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan Delta shtammi 98 mamlakatda aniqlandi va tez tarqalmoqda. Bu haqda BMT matbuot xizmati JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesusga asoslanib xabar tarqatdi.

Gebreyesus ta’kidlashicha, koronavirusning Delta shtammi xavfli va o‘zgarishda davom etyapti. Shuning uchun ham jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda muntazam baholash va sinchkovlik bilan o‘zgartirishlar talab etiladi.

Bundan tashqari, JSSTning bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove taxmin qilganidek, COVID-19ning boshqa shtammlari ham rivojlanishda davom etmoqda, yanada ko‘proq mutatsiyalar paydo bo‘ladi, ularning ayrimlari xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan JSST rahbari mamlakatlar hukumatlariga murojaatida vaksinatsiya jarayonini yanada tezlatish va jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirishni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring