Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i COVID-19ga qarshi to‘liq emlandi, biroq...
Yer aholisining yarmidan ko‘prog‘i COVID-19ga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda bugun, 18-yanvar kuni JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan bayonot berdi.
«Ayni paytga kelib, jahon aholisining yarmidan ko‘prog‘i ikki dozadan vaksina qabul qildi», — dedi u Jahon iqtisodiy forumida qilgan ma’ruzasida.
Rayanning aytishicha, sayyoramizning ayrim mintaqlarida vaksinatsiyalash ko‘ngildagidek emas. Masalan, Afrika aholisining bor-yo‘g‘i 7 foiz aholisi kovidga qarshi emlangan.
COVID-vaksinalar adolatli taqsimlanmas ekan, koronavirus pandemiyasini to‘xatish ilojsiz, dedi Maykl Rayan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter