Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertalabdan noxush xabar (+243): ikki hududda koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi

Ertalabdan noxush xabar (+243): ikki hududda koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi

Foto: «Sobytiya.net»

2020-yil 20-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51235 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 47271 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3535 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring