Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona koronavirusdan xoli viloyatga aylandi

Farg‘ona koronavirusdan xoli viloyatga aylandi

Foto:«Mahallakengashi.uz»

Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bergan. 

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor (40 yoshli erkak) ushbu viloyatning Oltiariq tumanidan bo‘lib, koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shunday qilib, viloyatdagi fidoyi shifokorlar sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. Jami yuqtirgan soni esa 2620 nafar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring