Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik 117 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

Fransiyalik 117 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

Lyusil Randon.

Foto: «Wikimedia»

Fransiyalik Lyusil Randon 117-yoshini nishonlash arafasida koronavirusni yengdi. Onaxon Tulondagi qariyalar uyida yashaydi.

«Var-Matin» gazetasi yozishicha, Lyusil Randonda koronavirus infeksiyasi 16 yanvar kuni aniqlangan, uning kasalligi simptomlarsiz kechgan.

Lyusil Randon 1904-yilning 11-fevralida tavallud topgan.

Hozirga kelib eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha jahon rekordi boshqa bir fransuz ayoli Janne Kalmanga tegishli. U 1997-yilning avgustida, 122 yil va 164 kun umr ko‘rib, vafot etgan.

2021-yilning yanvar oyida dunyodagi eng keksa inson yaponiyalik Kane Tanaka 118-tavallud ayyomini nishonlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring