Hindistonda koronavirusdan vafot etganlarni bog‘larda yoqishyapti

Hindistonda koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlarni krematoriyalarda joy yetmagani bois poytaxtdagi parklarda, to‘xtash joylarida va xarobazorlarda yoqa boshladilar. Bu haqda VVC telekanali xabar berdi.
Marhumlarning qarindoshlari gulxan yoqish uchun o‘tin to‘plashmoqda va krematsiyalarga yordam berishmoqda. Krematoriya xodimlari erta tongdan yarim tungacha jasadlarni yoqish bilan ovora. Marhumlarning oilalari esa qarindoshlari bilan vidolashish uchun bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
So‘nggi kunlarda Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paydi. Seshanba kuni 323 mingta yangi kasallanish holati qayd etildi. Oxirgi statistika mamlakatda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon aniqlangan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bosh vazir Narendra Modi Hindistonni «koronavirus bo‘roni» larzaga solganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter