Hindistonda koronavirusga chalingan o‘qituvchi shifokorlardan poyezdda qochib ketdi

Buyuk Britaniyadan uchib kelgan Hindiston fuqarosida koronavirus aniqlangach, shifokorlardan qochib ketgan, deb yozdi mahalliy «Hindustan Times» nashri.
Xabarlarga ko‘ra, Dehli aeroportida o‘qituvchi ayolda COVID-19 aniqlangan. U doktorlarga topshirilgan, ammo shifoxonaga borgach ambulatoriya kartasini olib, sekingina juftakni rostlagan.
Andxra-Pradesh shtati rasmiylari tartibbuzar o‘z shahriga ketayotgan poyezdda bo‘lishi mumkinligi haqida xabar olgan. Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari zudlik bilan bu haqda politsiyani xabardor qilishgan.
Ayolni birinchi klass kupesida 22 yoshli o‘g‘li bilan topishdi. Oila darhol izolyasiyaga olinib, koronavirusga qaytadan tekshirildi. Koronavirus faqat o‘qituvchining o‘zida aniqlangan, o‘g‘li sog‘lom edi.
Hodisadan so‘ng shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ayol ketayotgan poyezd yo‘lovchilarini va ularga hamroh bo‘lgan temir yo‘l jamoasini tezda topishni buyurdi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra (2020-yil 25-dekabr soat 23:00 holatiga ko‘ra), Hindistonda 10,169,743 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 147,379 nafari vafot etdi. 9,739,285 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter