Ikkita hududda yuzdan ortiq koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 28-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 878 (+102) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 86 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 303, Toshkent viloyatida 98, Namangan viloyatida 54, Buxoro viloyatida 18, Andijon viloyatida 13, Samarqand viloyatida 9, Surxondaryo viloyatida 6 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 52 466 (+501) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 951 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter