Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hind aktrisasi Ayshvariya Ray koronavirusdan tuzaldi

Hind aktrisasi Ayshvariya Ray koronavirusdan tuzaldi

Foto: «Indiadaily.ru»

Koronavirus tasdiqlangan hind aktrisasi Ayshvariya Ray va uning qizi Aradxya shifoxonadan chiqdi, deya «Twitter»da xabar berdi Rayning turmush o‘rtog‘i, hind aktyori Abxishek Bachchan.

«Yaxshi tilak va duolaringiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman... Ayshvariya va Aradxyaning test natijalari, xayriyatki, yaxshi chiqdi. Endi ular shifoxonadan chiqib, uyda bo‘lishadi. Otam bilan birga tibbiyot xodimlari nazoratida shifoxonada qolamiz», — deb yozadi Bachchan.

Avvalroq Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan va uning o‘g‘lida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandik. Abxishekning ma’lum qilishicha, ularda kasallik yengil shaklda o‘tmoqda.

Ayshvariya Ray — aktrisa va 1994-yilgi «Dunyo go‘zali» tanlovi g‘olibi. U Bollivudning eng ko‘hna va eng nufuzli «Filmfare Awards» mukofoti hamda Hindistonning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lgan Padma Shri sohibasidir.

Amitabx Bachchan — Hindistondagi eng mashhur aktyorlardan biri, ko‘plab hind filmlarida suratga tushgan. Uchta Milliy kinomukofot va 11 ta «Filmfare Awards» mukofotini qo‘lga kiritgan. Hindistonning oliy darajadagi mukofotlari bilan taqdirlangan.

Uning o‘g‘li Abxishek – Hindistonda taniqli aktyor va prodyuser. Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun uchta «Filmfare Award» mukofotidan tashqari Abxishek 2009-yilda eng yaxshi film uchun Milliy kinomukofotga sazovor bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring