JARda qayd etilgan «tashvishli» shtammga nom qo‘yildi
JSST koronavirusning B.1.1.529 yangi shtammini yunon alifbosining 15-harfiga muvofiq «Omikron» deb atadi.
Tashkilot ushbu shtammni «tashvish uyg‘otuvchi variant» sifatida tasnifladi. Ta’kidlanishicha, ushbu shtammda 32 ta mutatsiya mavjud bo‘lib, ulardan ba’zilari tashvish uyg‘otmoqda.
Ilk bor B.1.1.529 shtammi JARda qayd etilgan. U Botsvana, Isroil, Gonkong va Belgiyada ham aniqlangan.
JSST hozirgi PZR testlari ushbu shtammni aniqlay olishini ta’kidladi.
Dastlabki ma’lumotlar boshqa shtammlarga qaraganda ushbu variant bilan qayta infeksiyalanish xavfi yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar hozirda yangi shtamm haqida ma’lumot yig‘ishmoqda. Xususan, ularning vazifasi hozirda qo‘llanilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar undan qanchalik himoyalashini aniqlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Afrikada koronavirusning xavfli shtammi topilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter