Qayg‘uli rekord ortidan ko‘ringan yorug‘lik — karantin eng yaxshi chora bo‘lib qolmoqda

Endryu Kuomo.
Nyu-York shtati (AQSh) gubernatori Endryu Kuomoning aytishicha, karantin joriy etilgach shtat hududida koronavirusni yuqtirish holatlari anchagina qisqardi. Bu haqda DW yozmoqda.
Gubernator, shu bilan birga, virus tarqalishining yangi to‘lqinlariga shay turish kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Kuomoga ko‘ra, oxirgi sutkada shtat hududida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha atigi 200 ta yangi holat aniqlandi. Bu oxirgi uch haftadagi eng past ko‘rsatkich.
«Bu shuni anglatadiki, vaziyat karantin choralari sababli ilgari taxmin qilinganidan yaxshiroq tomonga o‘zgarmoqda. Karantin — kutganimizdan ham samarali chiqdi», — dedi Kuomo.
Ma’lumot uchun: AQSh global koronavirus pandemiyasi o‘chog‘iga aylangan bo‘lsa, Nyu-York shtati, ta’bir joiz bo‘lsa, ana shu «o‘choq»ning qoq markazida joylashgan — shtatda koronavirusni yuqtirganlar soni 160 000 dan oshdi. Birgina shu shtatning o‘zi yevropandemiya markazlari hisoblangan Ispaniya (153 222) va Italiya (143 626)ni ortda qoldirdi. Nyu-York shtatida COVID-19 qurbonlari soni 7000 nafardan oshdi. Kuni kecha shu shtatning o‘zida bir sutkada 799 kishi koronavirus qurboniga aylanib, qayg‘uli rekord o‘rnatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter