Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallik o‘ta og‘ir kechgan qashqadaryolik bemor hayotdan ko‘z yumdi

Kasallik o‘ta og‘ir kechgan qashqadaryolik bemor hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan navbatdagi, Qashqadaryodagi ikkinchi bemor vafot etdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10-iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan.

11-iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli «COVID-19» infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring