Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Italiyada, nihoyat, yaxshi rekord qayd etildi

Koronavirus: Italiyada, nihoyat, yaxshi rekord qayd etildi

Foto: «Yandex.by»

Italiyada bir kecha-kunduzda 4693 kishi koronavirusdan tuzalib, ularning soni 75 945 kishiga yetdi, deya ma’lum qildi brifingda fuqarolik mudofaasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli.

«Bu favqulodda vaziyatlar boshlangandan beri rekord o‘sish sanaladi», — dedi Borrelli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy kasallanganlar soni bir kecha-kunduzda 1872 nafarga ko‘payib, epidemiya boshlangandan beri jami 205 463 kishini tashkil etmoqda. Koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni bir kunda 285 nafarga ko‘paydi. Shu tariqa qurbonlar soni 27 967 kishiga yetgan. Chorshanba kuni 323 kishi vafot etgandi.

Borrellining ta’kidlashicha, fuqarolik mudofaasi xizmati boshqa brifing o‘tkazmaydi. Ma’lumki, fevralning oxiridan boshlab har kuni, aprelning o‘rtalaridan boshlab esa haftasiga ikki marta brifing o‘tkazilayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring