Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus pandemiyasi davrida qanday parhezga amal qilish kerak?

Koronavirus pandemiyasi davrida qanday parhezga amal qilish kerak?

Foto: «Pixabay»

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti koronavirus pandemiyasi davrida to‘g‘ri parhez haqida o‘z tavsiyalarini berdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Muassasaning ta’kidlashicha, hatto mahsulotlar soni va miqdori cheklangan bo‘lsa-da, foydali oziqlanishda davom etish lozim. Bundan tashqari, boshqalarning ham ehtiyojini unutmagan holda ortiqcha xarid qilmaslik darkor. «Uyda nima bor-yo‘qligini tekshirib, xaridni rejalashtirish zarur», — deb maslahat berishdi tashkilotdagilar. Shuningdek, oldin sotib olingan mahsulotlarni ham unutmaslik, saqlash muddati kamroq bo‘lgan mahsulotlarni birinchi o‘rinda ishlatish kerak.

JSST, eng avvalo, sarxil va tez ayniydigan mahsulotlarni iste’mol qilishni, foydali taomlarni mustaqil tayyorlashni, buning imkoni bo‘lmagandagina sinalgan kompaniyalarga buyurtma berishni maslahat berdi.

Tashkilot alkogol, shakar, tuz va yog‘lar iste’molini cheklashni, ko‘p suyuqlik ichish va kletchatka yeyishni tavsiya etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring