Koronavirus tashxisi qo‘yilgan 79 yoshli bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari 39taga yetdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.
2-iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan koronavirusga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.
Unga «COVID-19», yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.
Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter