Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yana avj olgani haqidagi xavotirlarga rasmiy munosabat berildi

Koronavirus yana avj olgani haqidagi xavotirlarga rasmiy munosabat berildi

Foto: «Xabar.uz»

Koronavirus (SOVID-19) infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror, deyiladi Sanepidqo‘mita rasmiy bayonotida.

Pandemiya boshlangan kundan boshlab joriy yilning 25 iyul holatiga dunyoda 692,1 mln nafardan ortiq bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan va ulardan 6,9 mln nafari (0,9 foiz) vafot etgan.

Shu bilan birga, kasallanish dunyo bo‘ylab pasayish tendensiyasiga ega, aniqlanayotgan bemorlarning aksariyatida kasallik yengil va o‘rta shaklda o‘tmoqda.

Respublikamizda joriy yil 25 iyul holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 255 193 nafarni tashkil etib, ulardan 253 235 nafari (99,0 foiz) sog‘aygan.

«Bugungi kunda respublikamizda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqaror.

Biroq, koronavirus infeksiyasi va o‘tkir respirator infeksiyalarni miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.

Kasallanish butun dunyoda chekingani bilan, yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori tomonidan joriy yilning 4 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus COVID-19 pandemiyasini jamoat salomatligiga xavf solmaydigan darajadaligi e’lon qilingan, shuning bilan birga kasallanishdan himoyalanish choralari davom ettirilishi lozimligini ta’kidlagan», deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishicha, respublikada koronavirus infeksiyasi ustidan epidemiologik nazorat va koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring