Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni oshdi, Toshkentda yana aholi orasida kasallik aniqlandi

Koronavirus yuqtirganlar soni oshdi, Toshkentda yana aholi orasida kasallik aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 1-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3662 (+39) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 2 nafari esa Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2837 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan (77 foiz) fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 810 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring