Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan xoli bo‘lishga da’vogar yana bitta hudud paydo bo‘ldi

Koronavirusdan xoli bo‘lishga da’vogar yana bitta hudud paydo bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Qoralpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimidagi oladigan bo‘lsak, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan, Ukraina Respublikasidan 2 nafar.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlar soni 133 nafarga yetib, hozirda davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Fidoyi shifokorlarimizning sa’y-harakatlari tufayli ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3018 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring