Koronavirusga chalingan Yuliya Timoshenko og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Ukraina sobiq bosh vaziri va «Batkivshina» parlament fraksiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib qoldi, deya xabar berdi uning matbuot kotibi Marina Soroka.
Avvalroq Ukraina OAV Timoshenko koronavirus infeksiyasini yuqtirganini, lekin mazkur ma’lumot tasdiqlanmaganini e’lon qilishgandi.
«Ha, afsuski, bu haqiqat. Test Yuliya Vladimirovnada COVID-19 borligini ko‘rsatdi. Bemorning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Harorati 39 darajagacha ko‘tarilgan. Hayot uchun kurashyapti», — deb yozadi Soroka «Facebook»da.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter