Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni 11 ming nafardan oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni 11 ming nafardan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 8-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11092 (+110) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 110 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 158 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Navoiy viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 249 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 7060 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3987 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring